«Dunyo mo''jizalari» – bular insoniyatning olis tarixi davomida o'z miqyosi, g'ayrioddiy dizayni, ilg'or muhandislik echimlari, shuningdek, noodatiy joylashuvi bilan hayratga soladigan inshootlardir. Ular orasida Iskandariya mayog'i, Bobil osma bog'lari, Rodos haykali, Artemida ibodatxonasi, Zevs haykali, Galikarnas dahmasi, shuningdek, ushbu ro'yxatdagi bugungi kungacha saqlanib qolgan yagona mo''jiza – Misr ehromlari singari mashhur me'morchilik san'at asarlari mavjud.
Albatta, insoniyat tarixi «butun sayyoraning oldi» bo'lgan boshqa ko'plab inshootlarni biladi va turli taxminlarga ko'ra 9 va 12 «dunyo mo''jizasi» mavjud, ammo tarixchilar qabul qilgan umumiy versiyada inson zakosi yuqorida keltirilgan 7 yodgorlik orqali e'tirof etilgan.
Xuddi shu mantiqdan kelib chiqqan holda, 2008 yilda sport jurnalistlari va oddiy sport ixlosmandlari o'rtasida dunyo bo'ylab so'rov o'tkazildi, maqsad dunyoning 7 ta «sport mo''jizasi»ni aniqlash edi – ularning bari ayni paytda faoliyat yuritayotgan bo'lishi kerak. Reytingga asosan futbol inshootlari kiritilgan, ammo futbol atrofida birlashmagan boshqa sport turlari vakillari ham ehtiromga sazovor bo'lishdi.
Shunday qilib, e'tiboringizga «dunyoning 7 sport mo''jizasi»ni taqdim etamiz!
1) Monte-Karlodagi «Formula-1» trassasi
1950 yildan beri o'tkazib kelinayotgan «Monako Gran-prisi» Monte-Karloda aynan shu yo'lda bo'lib o'tadi va bu trassa o'z navbatida 1929 yildan beri poyga yo'li sifatida ishlatiladi. Bu dunyodagi eng murakkab yo'llardan bo'lib, uzunligi 3,4 kilometrni tashkil etadigan o'nlab muyulishlardan iborat.
2) «Kamp Nou» stadioni, Barselona
Evropaning eng keng stadioni sanalgan «Barselona» futbol klubining uy o'yingohi 98,772 muxlis sig'imiga ega.
3) «Qush uyasi» stadioni, Pekin
2008 yilda Pekinda o'tgan yozgi Olimpiya o'yinlari munosabati bilan Xitoyda qurilgan eng chiroyli inshoot. «Qush uyasi»ning butun majmuasi taxminan 20,4 ga maydonni egallaydi.
4) «Santyago Bernabeu» futbol stadioni, Madrid
«Real Madrid» futbol klubining uy stadioni, sig'imi 80 354 kishigacha.
5) «Juzeppe Meatstsa» stadioni, Milan
Italiyaning ikkita klubi – AC Milan va Inter Milanning uy stadioni. 83000 tomoshabin sig'adi.
6) «Marakana» stadioni, Rio-de-Janeyro
Dunyodagi ikkinchi eng katta stadion – bir vaqtning o'zida 97000 futbol ishqibozini sig'dira oladi. Bu inshoot Braziliyaning ikki – «Flamengo» va «Fluminense» klublariga xizmat qiladi.
7) Melbourne Cricket Ground arenasi, Melburn
Bu Avstraliyadagi eng katta va 100000 kishiga mo'ljallangan dunyodagi eng yirik va eng ulkan stadion. Bundan tashqari, u eng baland yoritish ustunlari bilan mashhur.