«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan hujumchi Krishtianu Ronalduning kelajagidan xavotirda emas.
U portugaliyalik futbolchining kelasi mavsumda ham jamoa tarkibida to'p surishiga ishonchi komil.
«Ronaldu hozir ta'tilda, u dam olishga loyiq ish qildi. U «Real»da qoladi, gap tamom. Biz uni kutamiz» - dedi Zidan Marca xabarida.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 32 yoshli futbolchining Ispaniya prokuraturasi bilan bog'liq muammo tufayli, «Real»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi.