Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde EChLning 1/8 final javob uchrashuvi doirasida «Manchester Siti» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvdan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Bizda ushbu o'yinga qaytish va oxirigacha kurashish hamda oldinga borish istagi yuqori. Ushbu klubda doimo ko'proq narsaga intilish mavjud. Mavsum oxirigacha chempionlikni qo'lga kiritish uchun astoydil mashq qilishda davom ettirishimiz kerak, — Valverdening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.