Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Martin Edegorni ijaradan qaytaradi. Bu haqda Marca nashri yozmoqda.
Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan Edegorni kelasi mavsum rejalariga kiritmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumni Edegor "Real Sosedad" safida ijarada o'tkazmoqda. U 28ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan hamda 8ta golga assistentlik qilgan.