«Real» yarim Takefusa Kubo faoliyatini «Betis»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
"Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan yaponiyalik o'yinchi o'tgan yilning yozida «Tokio» futbol klubidan «Qirollik klubi»ga o'tgan edi. Shundan so'ng madridliklar uni «Malorka»ga ijaraga berishdi.
18 yoshli futbolchi La liganing ushbu mavsumida 24ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
Ayni paytda Kuboga "Real"ning asosiy tarkibidan joy topilishi qiyin bo'lgani uchun "qaymoqranglilar" uni yana ijaraga berishni rejalashtirishmoqda. Unga «Betis» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, futbolchini «Real Sosedad» ham kuzatib bormoqda.