"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos Madrid klubida qoladi. Bu haqda uning akasi Feliks Kroos gapirdi. Germaniyalik xavbek o'zga chempionatlardan bo'layotgan variantlarni ko'rib chiqmaydi.
"Toni Madridda o'zini qulay his qilmoqda. U "Real"da qoladi. Unga Xitoy va AQSHdan bo'layotgan takliflar qiziq emas", - deydi Feliks.
Eslatib o'tamiz, Toni Kroosning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.