Madridning "Real" klubi "Espanol" yarim himoyachisi Mark Rokaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" futbolchi uchun 40 million evro to'lashga tayyor. "Real" Rokoni Kazemiroga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mark joriy mavsum La Ligada 24ta o'yinda maydonga tushgan.