"Real Madrid" mavsumoldi mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Bugungi mashg'ulotlar yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Manchester Yunayted"ga qarshi tayyorgarlik vazifasini o'tadi. Mashg'ulotlarda jismoniy mashqlar cheklanildi va to'p bilan ko'proq ishlandi. Serhio Ramos va Danilo esa alohida shug'ullanishdi.