Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati Erling Holand transferidan 100 million evro ishlab olmoqchi. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Futbolchi uchun kurashda Madridning "Real" klubi asosiy da'vogar bo'lib turibdi, biroq "qirollik klubi" Holand uchun buncha katta summa to'lamoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, Holand qishda "Zaltsburg"dan Dortmundga ko'chib o'tgan edi. U Bundesligada 10ta o'yinda 10ta gol urdi.