Madrid meri Xose Luis Martines-Almeyda «Atletiko» klubiga muxlislik qiladi. Uning taxminicha, "matraschilar" bu safar Chempionlar ligasining finaligacha etib borishadi va unda g'alaba qozonish uchun Mark Klattenburg xalal bermaydi.
Eslatib o'tamiz, Klattenburg «Real» va «Atletiko» o'rtasidagi EChL-2016 finalini boshqarib borib, «Qirollik klubi»ning ofsayddan urgan golini inobatga olgan.
«Bu yilgi Chempionlar ligasi «Atletiko»ga nasib etadi. Biz musobaqaning amaldagi g'olibini yo'ldan chiqarib yubordik.
Turnirda g'olib chiqish uchun uchinchi urinish biz uchun omadli keladi. Bu safar «Real» va «Atletiko» o'rtasidagi finalni Klattenburg boshqarmaydi», – dedi hokim.