«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'zini yakkalash hayot tarzi qoidasini buzdi. Bu haqda Ispaniyaning "Sport" gazetasi xabar tarqatdi.
Frantsiyalik mutaxassisni Madriddan bir necha km. uzoqlikda joylashgan qishloqda ko'rishgan. Qoidaga ko'ra, Madrid aholisiga shahar tashqarisiga chiqish taqiqlanadi. Maxsus vaziyatlardagina bu qoidaga istisno qilinishi mumkin. Endi Zidan 1450 evro miqdorida jarima to'lashiga to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, «Real» 18 may kuni Valdebebasedagi bazasida jamoaviy mashg'ulotlarni boshladi. Ispaniya chempionati iyun oyida qayta boshlanishi kerak.