"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero yozda jamoani tark etmaydi. Bu haqda argentinalik futbolchining agenti ma'lum qildi.
Agentning ma'lum qilishicha, Kun shartnomasining so'nggiga qadar "shaharliklar" safida qoladi. Agueroning "Siti" bilan shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq hujumchiga "Real Madrid" hamda "Inter" klublari qiziqayotganligi to'g'risida xabarlar tarqalgandi.