"Napoli" yarim himoyachi Fabian Ruis bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Corriere del Mezzogiorno yozmoqda.
Neapolliklar prezidenti Aurelio De Laurentis jamoaning etakchi futbolchilaridan biri bilan xayrlashmoqchi emas. Klub unga yangi 3 yillik shartnoma taklif qiladi.
Eslatib o'tamiz, Ruis xizmatiga "Manchester Siti", "Liverpul", "Real" va "Barselona" klublari qiziqish bildirmoqda.