"Milan" "Real" hujumchisi Luka Yovichga qiziqish bildirmoqda. "Rossonerilar" serbiyalik hujumchini 2 yilga ijaraga olmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Hozircha milanliklar futbolchining 5 million evro maoshian qo'rqmoqda. "Milan" rahbariyati "Real" va futbolchining o'zi bilan muzokara o'tkazmoqda.
Avvalroq, "Real" Yovichga yana bir bor imkon bermoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.