Evropa klublari koronavirus tufayli jiddiy zarar ko'rishmoqda. Sport.es tarqatgan xabarga ko'ra, klublarning yillik daromadlari 13 foizdan 30 foizgacha qisqarishi mumkin.
Ispan klublari orasida eng ko'p zarar «Barselona» hissasiga to'g'ri kelgan. Kataloniyaliklarning mavsum oxiriga qadar zarari 120-260 million evrogacha etishi mumkin.
Ushbu ro'yxatning ikkinchi pog'onasini «Real» egallab turibdi. Madridliklarning zarari 100-230 million evroga baholanmoqda.
Daromadlarning kamayishi teletranslyatsiyalar huquqi, homiylik to'lovlar, chiptalar savdosi bilan bog'liq.