“Azar “Real” tarkibida “Oltin to'p”ni yutishi mumkin. Bunga shubha yo'q. Mavsum starti og'ir kechishi bo'lib turadigan holat.
Umuman olganda, Azar o'yinlarni ko'p o'tkazib yubormaydi. “CHelsi”dagi 8 yil davomida 18ta uchrashuv. PSJga qarshi bahsda, uning zavq olayotganini ko'rdim. “Real” ishqibozlari xotirjam bo'lsin. Azar muvaffaqiyatlarga erishadi”, deydi mutaxassis.