«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o'z shogirdlarining karantindan keyingi holatiga baho berdi.
«Futbolchilar o'z uylarida yaxshi ishlashdi. Shu bois, ular a'lo darajada formada qaytishdi. Ushbu hafta ajoyib o'tdi. Kichik guruhlarda ishlash orqali biz oldinga intilishimiz mumkin. Keyingi hafta esa yanada yaxshiroq bo'ladi.
Oradan deyarli 60 kun o'tib barcha klub bazasiga qaytganidan, bir-biri bilan ko'rishganidan va futbol o'ynash imkoinyatiga ega bo'lganidan xursand», — dedi Zidan "France Press" nashriga bergan intervyusida.