Yangi futbolchining press-konferensiyadagi fikrlari bilan tanishing.
"Har kuni ham sen "Real Madrid" futbolkasini kiya olmaysan. Men uchun bunday jamoaning bir qismi bo'lish katta sharaf. Men o'z xohishim bilan bu jamoa safiga kelib qo'shildim. Bu haqida gap so'z bo'lishi mumkin emas. Prezident men bilan a'loqaga chiqdi va biz gaplashib oldik. Men uchun "Madrid"dan boshqasi qiziqarli emas edi."
Bosim:
"Bosim har doim bo'ladi, ammo men "qaymoqrang"lilar libosini kiyishni xohladim va bu jamoa tarkibidan joy olish mening maqsadim. Men dunyoning eng yaxshi klubidaman va bu libosni kiyganimdan faxrlanaman."
Dastlabki mavsumdagi maqsad haqida:
"Men yosh futbolchiman va mening yoshimda bu yerdagi buyuk futbolchilardan ko'p narsa o'rganadigan payt. Kroos va Modrich kabi klub tarixidan joy olmoqchiman. Men dunyoning eng kuchli klubida o'ynashga tayyorman."
Asensio bilan munosabat haqida:
"Biz bir-birimizni juda yaxshi bilamiz va do'stmiz. O'z vaqtida birga turli xil terma jamoalarda to'p surdik. Asensio - eng yaxshi namuna. U allaqachon "Madrid" tarkibida o'z o'rniga ega bo'ldi. Buning siri albatta mehnatda."
Maydondagi pozitsiya haqida:
"Maydon markazida men jamoadoshlarimga yaxshi imkoniyat yaratib bera olish imkoniyatim yuqori. Ammo men Zidan qayerda o'ynatsa o'sha joyda o'ynashga tayyorman. Zidan - mening kumirim, u menga o'rgatadi, men hali ko'p narsa bilmayman. Ishonchim komil, Zizu meni eng yaxshi futbolchi qilib tarbiyalaydi."
Morata haqida:
"Har kimning o'z qarori bo'ladi. Men bu jamoaga aniq bir maqsadlar bilan keldim. Men ko'proq narsa o'rganmoqchi,am va jamoada uzoq yillar to'p surish niyatidaman."