Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.Parijliklar 19 yoshli norvegiyalikka Neymar va Kilian Mbappe klubni tark etishga qaror qilgan taqdirda ularning o'rinbosari sifatida qarashmoqda. Xolandga asosiy davogar sifatida esa "Real" tilga olinmoqda, lekin ular Erlingni 2022 yildan oldinroq sotib olisholmaydi. "Qirollik klubi" norvegiyalik to'purar bilan birga Mbappeni ham qo'lga kiritishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Erling Xoland joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.