Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua karantindan keyingi qayta tiklangan mashg'ulotlar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Barcha chempionatni qayta tiklanishini kutmoqda, — dedi Kurtua klub rasmiy saytiga. — «Real» La Liga chempionligi uchun kurashadi. Ikki oylik tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarni boshlanishini va yana bir guruh bo'lib mashg'ulot olib borishni intizorlik bilan kutdik. Uyda hamma narsa boshqacha edi, garchi, murabbiylarning ko'rsatmasi bilan mashg'ulotlarni davom ettirgan bo'lsakda. Darvoazbonlarning omadlari kelgan, chunki, ortda qolgan haftalarda biz murabbiylarimiz bilan mashq olib bordik. Shu haftadan esa futbolchilar mashg'ulotlar jarayonida darvozamiz tomonga zarba berishlari mumkin. Endi bular haqiqiy mashg'ulotga uxshamoqda" - dedi Kurtua.