Braziliya terma jamoasi afsonaviy futbolchisi Roberto Karlos 2007 yili «Chelsi» klubiga o'tishga yaqin kelganini tan oldi.
— Menda «Fenerbaxche» va «Chelsi» klublaridan taklif bor edi. Lekin, "Chelsi" bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz o'tgan edi, shuning uchun «Fenerbaxche» klubiga yo'l olgandim. Ammo, «Chelsi»ga o'tishga juda yaqin kelgandim. Barcha narsa tayyor edi, faqatgina shartnomaga imzo qo'yishim qolgandi, xolos.
— Bu voqea «Fenerbaxche»ga kelishimdan bir hafta oldin sodir bo'lgandi. Men Parijda edim va Roman Abramovich bilan uchrashgandim. Afsuski, so'nggi daqiqalarda nimadir bo'ldiyu, ushbu bitim amalga oshmay qoldi, bunday hodisalar futbolda bo'lib turadi. Men Angliya chempionatiga, Angliya chempionati menga mos kelishiga 100 foiz amin edim, — dedi Karlos.
47 yoshli braziliyalik futbolchi 2012 yili futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. U faoliyati davomida «Inter», «Real», «Korintians» va «Anji» klublarida o'ynashga ulgurgan.