AS nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Madridning "Real" klubi Frantsiyaning "Lill" himoyachisi Gabrielni kuzatib bormoqda.
22 yoshli futbolchi Frantsiya chempionatida 24 marta maydonga tushdi va asosiy tarkibda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilarning biri bo'ldi.
"Qaymoqranglar" ushbu himoyachini Serxio Ramosga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda va shu yilning yozidayoq uni qo'lga kiritish niyatida.