Italiyalik hakamlar brigadasi UEFA Superkubogini boshqarib boradi.
UEFA rasmiy sayti xabariga ko'ra Janluka Rokki UEFA Superkubogi uchun o'tkaziladigan baxs "Real" va "Manchester Yunayted" uchrashuvni boshqarib boradi. Uchrashuv 8-avgust kuni Makedoniya poytaxti Skope shahridagi "Filipp II" stadionida, Toshkent vaqti bilan 23:45 da bo'lib o'tadi.
2011/12-yilgi mavsumda ushbu hakam "Real Madrid" va "Apoel" uchrashuvini boshqargan va bu baxsda "Real" (5:2) hisobida g'alaba qozongan edi. 2012/13-mavsumda esa guruh bosqichida "Manchester Siti" - "Real" uchrashuvida ham ishlagan (1:1) va 2015/16-yilgi mavsumda chorakfinalda "Wolfsburg" - "Real" (2:0) uchrashuvini ham boshqarib borgan edi. Demak Rokki boshchiligida "Real" 1 ta g'alaba, 1 ta durang va 1 marta mag'lubiyatga uchragan.