“Bayer” yarim himoyachisi Kay Xavertc faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi. Futbolchi yozgi transferlar vaqtida Leverkuzen klubini tark etadi. 20 yoshli futbolchining xizmatlariga ayni damda “Bavariya”, “Real”, “Barselona”, “Liverpul”, “CHelsi”, MYU va “Manchester Siti” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Xavertc joriy mavsum Bundesliga doirasida 23 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.