«PSJ» hujumchisi Neymarning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Vagner Ribeyro «Real» prezidenti Florentino Peres braziliyalik futbolchini Madridga olib o'tishga harakat qilganini aytib o'tdi.
«O'ylashimcha, Neymar «PSJ»da qoladi, chunki bozor o'zgarib ketdi. Florentino Peres Neymarga qiziqqani uchun men bir necha marta Madridga uchib borganman. O'tgan yilning may oyida uning kabinetida suhbatlashgandik. O'shanda u menga Neymarni sotib olishni orzu qilganini aytgan edi», — dedi agent Goal nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchining «PSJ» bilan shartnomasi 2022 yilda yakunlanadi.