Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Futboldagi antiqa alomat va irimlar

Futbolchilar – sportchilarning eng alomatli toifalariga kiradi.

.
- Yuklab olish

Futbolchilar – sportchilarning eng alomatli toifalariga kiradi. O'yinchilar, murabbiylar, vrachlar, ma'murlar, haydovchilar – xullas, klublar va terma jamoalarga taalluqli hamma o'z irimlariga ishonadi.

Masalan, futbol bo'yicha ikki marta jahon chempioni, behisob sovrinlar sohibi – braziliyalik Ronaldo hamma vaqt maydonga o'ng oyog'i bilan qadam qo'yadi.Uning hamyurti Roberto Karlos ham doim shu irimga amal qiladi.

Premer-ligada besh marta chempion bo'lgan, ko'p marta Angliya kubogini qo'lga kiritgan, Chempionlar ligasi va Evropa ligasida g'olib chiqqan “Chelsi” jamoasining kapitani Jon Terri FIFAning saytida quyidagilarni bayon qilgan: “Men avtobusda hamma vaqt bir o'rindiqda o'tirganman, getramning har birini uch marta yopishqoq lenta bilan o'raganman, yo'l davomida doim bir xil qo'shiqlarni tinglaganman, "Stemford Brij" stadionidagi har safar o'yin oldidan mashinamni bir joyga qo'yganman”.

Futbolda eng mashhur odatlardan biri “boshning kal joyini o'pish” bo'lgan. Frantsiya terma jamoasining himoyachisi Loran Blan darbozabon Faben Bartez kallasining uchini chapillatib o'pardi. Ularning har ikkisi mamlakat terma jamoasining 1998 yilda jahon chempioni, 2000 yilda Evropa chempioni bo'lishiga munosib hissalarini qo'shgan.

Angliya terma jamoasining hujumchisi Gari Lineker mashq paytida biron marta to'pni darbozaga tepmasdi. U bu bilan o'yin paytda to'pni darbozaga aniq yo'naltirishini “tejardi” deb hisoblardi. Italiyaning “Yuvetus” klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham xuddi shu fikrda bo'lgan.



Mashhur darbozabon Iker Kasilyas o'yin paytida eng ashaddiy irimchi hisoblanardi. Masalan, ular bir o'yin oldidan futbolkasi engini kesardi va getralarini tashqi tomonga o'rardi. Agar uning jamoasi gol ursa, u o'z darvozasi to'siniga chap qo'lini tekkazardi.

Rossiya darbozabonlari ham irimchilardan hisoblanardi. Masalan, “Spartak” klubi va sobiq Ittifoq jamoalari darbozaboni Rinat Dasaev bir safar GFR darbozaboni Xarald Shumaxerdan sovg'a sifatida qo'lqop olgan va o'shandan buyon o'yinlarga uni o'zi bilan olib borgan. U o'yin paytida bu qo'lqopni qo'liga kiymasdi, lekin tumor sifatida darbozasining chap tomoniga qo'yardi. Bu o'ziga qo'shimcha yordam beradi, deb hisoblardi. Afsonaviy Lev Yashin irim qilib, maydonga kepkada chiqardi va har bir o'yin oldidan to'pni albatta qo'li bilan silardi.



“Spartak” klubining darbozaboni Artyom Rebrov o'yinga shaylanish va kuch-quvvatini to'plash uchun darboza ustunini sevgilisini o'pgandek o'pardi.

Bunday irimlar murabbiylar uchun ham xos bo'lgan. Jumladan, Kievning “Dinamo” klubi va Ukraina terma jamoasining bosh murabbiyi Valeriy Lobanovskiy avtobusdan hammadan keyin tushgan hamda hech qachon futbol maydoni chiziqlarini bosmasdi.

“Chelsi” jamoasining murabbiyi Joze Mourino omad keltiradigan “Armani” rusumli kulrang paltosidan hatto kun 30 daraja issiq bo'lgan paytlarda ham ayrilmagan. Joze Mourino birinchi mag'lubiyatdan keyinoq bu baxt keltiradigan paltosidan voz kechgan.



Poltavaning “Vorskla” jamoasi sobiq murabbiyi Nikolay Pavlov ham ana shunday irim qilish odati bor edi. U Evropa ligasiga chiqish uchun o'yin paytida 35 darajali issiqda avvalgi o'yinda muvaffaqiyat keltirgan kostyumida va galstuk taqqan holda terlab o'tirgan.

Mashhur Gus Xiddink stadionda hamma vaqt muvaffaqiyat keltirgan avvalgi o'yinda taqib olgan galstugini taqib o'tirgan. Jamoasi o'yinni yutqazadigan bo'lsa, u ham galstugini o'zgartirgan.

Italiyaning “Piza klubining sobiq prezidenti Romeo Ankonetani har bir muhim o'yin oldidan futbol maydoniga tuz separdi. Bir gal “Chezena” jamoasi bilan o'yin oldidan (aftidan, unda muvaffaqiyat qozonishga shubha bo'lgan) futbol maydoniga 26 kilogramm tuz sepgan.

“Shaxtyor” jamoasining murabbiyi Aleksandr Spiridon omad uchun Moldova-GFR uchrashuvidan so'ng Lotar Matteusdan so'rab olgan tumordan foydalangan. Bu jamoa kapitani qo'liga bog'laydigan bog'ich bo'lgan. murabbiy bu bog'ichni o'yin oldidan jamoasi kapitaniga bergan.

Psixologlar bu haqda qanday fikrda?
Bu, albatta, irimlarning to'la ro'yxati emas. Biroq, ana shu odatlarning bema'niligiga qaramasdan, bu sportchilar uchun muhimdir. Chunki irimlarga ishonch ularga hayajonlarini bosishga, tomoshabinlar uchun esa qiziqarli va mazmunli o'yindan zavqlanishga xizmat qiladi.

BestMaster
19 May 2020, 19:30
futboldagi, antiqa, alomat, irimlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Gap yo hammasi o'zgacha claass
19 May 2020, 20:36
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads