Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Ksave Muyamba yozgi transfer bozorida jamoani tark etishi mumkin.
Voetbal International nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Evropaning bir qator top-klublari 18 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatida yurishibdi.
Jumaladan, niderlandiyalik Muyambaga "Real", "Yuventus", "Inter" va "Chelsi" klublari jiddiy qiziqish bildirishmoqda.
Muyamba "Barselona" klubiga o'tgan yilning yozida kelib qo'shilgandi, biroq asosiy tarkibda o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmadi va asosan jamoaning U-19 tarkibida o'ynab kelmoqda.