"Real" hujumchisi Luka Yovich yozgi transfer paytida tark etmaydi, deya xabar tarqatdi "AS" nashri.
Manbaga ko'ra, Qirollik klubi" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandni qo'lga kiritmoqchi edi, ammo madridliklar uning transferini keyingi yillarga qoldirishdi. Shu bois, "qaymoqranglilar" keyingi mavsumda serbiyalik futbolchiga yana bir marta imkoniyat berishga qaror qilishdi.
"Real" 2019 yilning yozida Yovichni 60 million evroga sotib olib, u bilan 2025 yilgacha bo'lgan shartnoma imzolagan edi. 22 yoshli futbolchi debyut mavsumida 24ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi. Luka devordan qulashi natijasida tovon suyagini sindirib olgani uchun ushbu mavsum oxirigacha safdan chiqqan.