«Inter» klubi 2021 yilda xayriya musobaqasi tashkil etilishi haqida ma'lumot tarqatdi.
Turnir «Birdamlik kubogi — qahramonlar uchun futbol» deb nomlanadi. Unda «neradzurri»dan tashqari «Bavariya» va «Real» klublari ham ishtirok etishadi.
«Inter» – «Bavariya» uchrashuvi Milan shahrida, «Real» – «Inter» bahsi Madridda, «Bavariya» – «Real» o'yini esa Monakoda o'tkazilishi aniq bo'ldi.
Bahslar qaysi kunlari bo'lib o'tishi keyinroq ma'lum qilinadi. Ya'ni uchrashuvlar tomoshabinlarning stadionga kirishiga ruxsat berilgan paytda o'tkaziladi.
«Inter» matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu musobaqadan tushgan mablag' tibbiyot muassasalariga o'tkazib beriladi.