"Real" yarim himoyachisi Eden Azar jarohatidan keyin qay tarzda tiklanib borayotganini ma'lum qildi.
"Mashg'ulotlarga qaytganidan va jamoadoshlarim bilan maydonda to'p bilan ishlayotganimdan xursandman. Buyog'iga o'yinlarning boshlanishini kutish qoldi, lekin men juda ham xursandman. Jismoniy holatimni yaxshilashim hamda to'p bilan ko'proq ishlashim kerak. Birinchi uchrashuvgacha maydonga chiqishga tayyor bo'laman deb umid qilaman", - dedi belgiyalik futbolchi.