Huquqiy jihatdan Madridning "Real" klubiga tegishli bo'lgan, ayni paytda faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubi safida ijara asosida o'ynayotgan Ashraf Xakimiga Italiyaning «Inter» klubi qiziqish bildirmoqda deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
"Inter" klubi 21 yoshli marokashlik futbolchini shu yilning yozida o'z safiga qo'shib olish niyatida.
Shuningdek, Xakimiga Turinning «Yuventus» klubi ham qiziqish bildirmoqda.