Yaratgan tomonidan insonga taqdir qismati belgilanadi. Taqdir biz uchun ko'rinmas, lekin amalga oshguvchi hayot yo'li hisoblanadi. Bizga taqdir qismati belgilanganidek, o'z qismatimizni yaratishimizga atalgan fel-atvor ham Yaratgan tomonidan inom qilinadi. Dunyoda yetti milliarddan ziyod inson bor. Bu shu hisob ko'rinishdagi fel-atvor mavjudligini anglatadi. Ularning ichidagi faqat biri bilan hisoblashmoqchiman. Bu- Hudbinlik!
Ochig'i bu mavzuda qalam tebratishimga bir shahsga qarshi adolatsizliklar undadi. Tishimni-tishimga qo'yib, shunchaki befarq o'tirolmayman. Bu mavzuni yakunlamasam, shunchaki adolatsizlik ila qaror topayotgan fikrlarni inkor etmasam, qolimga boshqa qalam ushlashni o'zim uchun sharmandalik deb hisoblayman.
Yaqinda juda katta shov-shuvga sabab bo'lgan Krishtiano Ronaldu spektakili, unga qarshi bo'lganlar uchun ayni muddao bo'ldi. Uning klubni tark etishi haqidagi xabarlar OAV uchun yaxshigina hamyonbop mavzuga aylandi.