"Arsenal" marokashlik himoyachi Ashraf Hakimiyga qiziqib qoldi. Uning transfer huquqi Madridning "Real" klubiga tegishli.
Football London nashrining xabariga ko'ra, "kanonirlar" Bundesliganing ayni damdagi eng tezkor futbolchisini yozda xarid qilishga urinib ko'radi.
Eslatib o'tamiz, Hakimiy hozirda "Borussiya Dortmund" safida ijarada harkat qilmoqda. U yozda "Real"ga qaytishi kerak, biroq "qirollik klubi" 21 yoshli futbolchini sotib yuborishga qarshi emas.