Madridning «Real» klubi futbolchisi Eden Azar qayta tiklanishi kutilayotgan Ispaniya chempionatiga tayyorgarlik qay darajada olib borilayotganligi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, La Liga rahbariyati klublarga 18 may kunidan boshlash jamoaviy mashg'ulotlar olib borishiga ruxsat berdi.
«Jamoadoshlari bilan maydonga qaytganimdan juda xursandman. Endi o'yinlarni kutishimiz kerak, lekin men baxtiyorman. Men ikki oy maydonga tushmadim va men hozir e'tiborimni jismoniy tayyorgarlikka hamda to'p bilan ishlashga qaratishim kerak. Birinchi uchrashuvga tayyor bo'lishni xohlayman.
Hozir mashg'ulotlar guruh mashqlari tufayli yanada yaxshilandi. bu endi ko'proq tanish mashg'ulotlarga o'xshamoqda. Birinchi hafta sal g'alatiroq bo'lgandi, ammo hozir bir guruhlarda va darvozabonlar bilan mashq qilishimiz mumkin. To'liq tarkib bilan ishlash imkoniyatini intizorlik bilan kutyapmiz», – dedi Azar AS nashri bilan intervyuda.