Futbolchilar endilikda 10 kishigacha bo'lgan guruhlarda mashg'ulotlarni olib borishlari mumkin. Klublarga bugundan shunday tartibda mashg'ulotlar o'tkazishga ruxsat berildi.
"Atletiko", "Barselona" va "Real" kabi La Liga liderlari allaqachon guruh bo'lib mashg'ulotlarni boshlashdi.
La Liga saytining xabariga ko'ra, mavsumning davom ettirilishi iyun oyiga mo'ljallangan, ammo aniq sana hali malum emas.