«Real»ning sobiq sardori Raul Gonsales yana klubga qaytdi.
AS xabariga ko'ra, Ispaniya futboli afsonasi bosh direktor Xose Anxel Sanchesga o'rinbosar qilib tayinlandi. Bugun Raul bevosita o'z vazifasini bajarishga kirishib, Dani Sebalosning tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Tez orada 40 yoshli mulozim AQShga yo'l oladi va mavsumoldi yig'inini o'tkazayotgan Zayniddin Zidan jamoasiga qo'shiladi.