Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Kazemironing Ispaniya chempionati tezroq qayta tiklanishiga ishonchi komil.
«Futbol allaqachon dunyoning eng ommabop sport turiga aylanib ulgurgan. Futbol – sog'liqni saqlash belgisidir. Agar futbol bo'lsa – demak mamlakat o'zining odatiy hayotida yashamoqda, hammasi joyida.
Ideal vaziyat hali uzoq ekanligini tushunamiz. Koronavirusga qarshi vaktsina topilmas ekan, yangi kasallar va o'limlar davom etaveradi. Buning oqibatlarini minimallashtirishga harakat qilamiz, lekin futbol tiklanishi kerak.
Futbol boshlanganini bilgan, ko'rgan odamlar quvonishadi. Ular hamma narsalar unchalik yomon emasligini his qilib, tushkunlikka tushishlari shart emas. Hayot davom etadi.
Karantin davrida odamlarga yordam berishga harakat qildim. Umid qilamanki, buni uddalay oldim. Bilasizmi, hozir kimgadir pul emas, muloqot zarur», — dedi Kazemiro.