Italiyaning "Napoli" klubi yarim himoyachi Xose Kalexonga ishonch bildirmayapti va u bilan shu yilning yozida yakuniga etadigan shartnomani uzaytirish niyatida emas.
La Gazzetta dello Sport portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, futbolchi faoliyatini Ispaniyaning "Valensiya" klubida davom ettirishga yaqin turibdi. "Valensiya" yozda erkin agentga aylanadigan Kalexon bilan kelishuvga erishdi va yiliga 3,5 million evro maosh to'laydigan bo'ldi.