«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe ushbu yozgi transfer paytida jamoani tark etmaydigan bo'ldi. «Real» frantsiyalik futbolchini 2021 yilning yozida amalga oshirishni rejalashtirib qo'ydi.
Madridliklar yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq iqtisodiy inqiroz tufayli Mbappening transferini ushbu yilda amalga oshirishning imkoni yo'qligini futbolchiga tushuntirishdi. Shu bois, Kilian «PSJ»da yana bir mavsum qolishga harakat qildi.
Avvalroq «PSJ» Mbappe bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara olib borayotgani, futbolchi esa shartnomaga, agar «Real»dan taklif tushadigan bo'lsa, ma'lum summa evaziga uni qo'yib yuborish haqidagi bandni kiritishni so'rayotgani haqida xabar tarqatilgan edi.