"L’Équipe" xabariga ko'ra, futbolchi Franciya klubida qolishga qaror qilgan. Ayni damda parijliklar koronavirus pandemiyasi sababli inqiroz holatiga tushib qolgan.
Ushbu mavsumda 21 yoshli Mbappe PSJ tarkibida barcha turnirlarda 33 o'yinda qatnashdi va 30 gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.