Misr terma jamoasi sobiq murabbiyi Xani Ramziy hujumchi Muhammad Saloh 2018 yilda «Real»ga o'tishdan bosh tortganini aytdi.
«Ektor Kuper qo'lostida ishlaganimda Misr terma jamoasi Shveytsariyada yig'in o'tkazgan edi. 2018 yilning bahor fasli edi. O'shanda Saloh bilan gaplashgan edim, u esa menga «Real»dan taklif tushganini aytgan edi.
Bu jiddiy taklif bo'lgan edi, ammo Saloh men va Kuper bilan maslahatlashganidan keyin «Liverpul»da qolishga qaror qildi. Chunki u mersisaydliklar safida o'zini yaxshi his qilayotgan edi», — dedi Ramziy "OnTime Sports"ga bergan intervyusida.
Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. U "qizillar" safida 144ta o'yinda maydonga tushib, 91ta gol urdi va 37ta golga uzatma berdi.