Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Karvaxal: «Birinchi kun to'p bilan ishlash qiyin bo'ldi»

"Real" klubi koronavirus bilan bog'liq tanaffusdan so'ng mashg'ulotga qaytib, besh kundan beri shug'ullanmoqda.

.
- Yuklab olish

"Real" klubi koronavirus bilan bog'liq tanaffusdan so'ng mashg'ulotga qaytib, besh kundan beri shug'ullanmoqda. Jamoa himoyachisi Dani Karvaxal klub rasmiy kanaliga intervyu berdi.

«Murakkab vaziyat yuzaga keldi. Qaytish — barcha uchun yaxshi yangilik. Ayniqsa, jamoadoshlaring, murabbiylar shtabi va klub xodimlari yuzidagi pozitiv qiyofani ko'rish yoqimli bo'ldi.

Birinchi kun to'p bilan ishlash qiyin bo'ldi. Har holda uy sharoitida mashg'ulot maydonidagidek shug'ullana olmaymiz. Lekin biz asta-sekin formani tiklaymiz. Biz Liga talab qilgan protokolga amal qilishimiz, ehtiyot bo'lishimiz hamda to'p bilan ishlash ritmiga kirib olishimiz kerak.

Bundesligada mavsumning boshlanishi sport olami uchun yaxshi yangilik. Chempionatning qayta boshlanishi qanday ko'rinishda bo'lishini ko'rishni istaymiz. Umid qilaman, u muvaffaqiyatli chiqadi va qolgan mamlakatlar uchun o'rnak bo'la oladi», — dedi Karvaxal.

BestMaster
16 May 2020, 12:30
karvaxal, «birinchi, bilan, ishlash, qiyin, boldi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Туғири
17 May 2020, 07:53
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads