«Betis» yarimhimoyachisi Dani Sebalos «Real»ga o'tdi.
Madridliklar 20 yoshli futbolchining taqdimot marosimini o'tkazishdi. U bilan 6 yillik shartnoma imzolandi.
«Real» prezidenti Florentino Peresga menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Menga berilgan taklifni rad etishning iloji yo'q edi. Chunki men bolaligimdan bu klubda o'ynashni orzu qilganman.
Men bu jamoa libosini kiyib yurishga loyiq ekanimni namoyish qilish uchun keldim. Klub tarixini yanada buyuk qilish uchun o'z hissamni qo'shmoqchiman», - dedi Sebalos tanishtiruv marosimida.