Madridning «Real» klubi futbolchisi Garet Beyl shu yilning yozida jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Uelslik futbolchining "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyul oyida o'z yakuniga etadi. Beyl «Real»ni tark etishni xohlamoqda va «Qirollik klubi» u bilan xayrlashishga tayyor, ammo, futbolchining talablarini qondiradigan klublar ko'p emas.
Shu tariqa, inqirozli vaziyatda "Real" maoshlarni qisqartirish maqsadida, Beyl va Xames Rodriges bilan shartnomani muddatdan oldin bekor qilib yuborishi mumkin.