Madridning «Real» klubi afsonaviy hujumchisi Raul futbolchilik faoliyatida davomida 385 ta golga mualliflik qilgan.
Shunday vaziyatlar bo'ladiki, juda oson pallada ham omad yuz o'giradi. To'p darvozaga kirishni xohlamaydi, tamom! Shunga o'xshagan vaziyat 2006 yili Londonning "Arsenal" klubiga qarshi uchrashuvda yuz berdi.
Uchrashuvning eng xavfli vaziyatlaridan birida Raul Yens Lemann qo'riqlayotgan darvozaga to'pni to'xtatmasdan yo'llaydi, lekin ustunga tegib qaytadi, qaytgan to'pga yana zarba yo'llaydi, ammo, lekin, biroq... bu safargi zarbasi darvozaning narigi ustuniga tegadi...
???? Jens Lehmann denies Raúl González in 2006! ????#UCL | @Arsenal | @jenslehmann pic.twitter.com/MtJAcJFJW1
— UEFA Champions League (@ChampionsLeague) May 13, 2020