"Footballhd.ru" sayti Garet Beylning "Real"dan ketishi yoki jamoada qolishi borasida so'rovnoma o'tkazdi.
"Beylning "Real"da kelajagini ko'ryapsizmi?" degan savolga 51,02 foiz muxlis yo'q, deb javob bergan va futbolchining "Nyukasl"ga o'tishi tarafdori. 35,71 foiz muxlis esa Beylning MLSga o'tishi va karerasini o'sha erda tugatishini istamoqda.
Faqatgina 13.27 foiz muxlis Garetning "Real"da amaldagi shartnoma muddati tugaguncha qolishini xohlamoqda. Beylning shartnomasi 2022 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.