«Real» futolchilari deyarli 2 oylik tanaffusdan so'ng mashg'ulotlarni boshlashdi. Jamoa bugun o'z bazasida mashqlarni bajardi.
"As" tarqatgan xabarga ko'ra, og'ir jarohatidan forig' bo'lgan Marko Asensio jamoa mashg'ulotida ishtirok etdi.
«Real» Ispaniya chempionati jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. "Qirollik klubi" «Barselona»dan 2 ochko ortda qolmoqda.
Avvalroq La Liga 12 iyun kuni qayta boshlanishi haqida xabar berib o'tgan edik.