«Real» rahbariyati 2020/2021 yilgi mavsumda futbolchilarning maoshlarini 30 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan so'ng madridliklar ushbu mavsumda o'yinchilar, murabbiylar va xodimlarning maoshlarini 10%ga kamaytirgan edi. Ammo bu chora klubning moliyaviy ahvolini o'nglash uchun etarli bo'lmadi. Shu bois, klub yanada keskinroq chora qo'llashga majbur bo'lmoqda.
«Real» ushbu mavsumda 822 mln evro daromad olishni rejalashtirgan edi. Hozirga sharoitda esa jamoa kamida 165 million evro zarar ko'radi. «Real» birinchi jamoa maoshlarini 30%ga qisqartirganidan keyin 85 mln. evro miqdorida pul tejaydi. Shu bois, eng ko'p maosh olayotgan futbolchilar — Serxio Ramos va Garet Beylning maoshi 14,5 mln. evrodan 10 mln. evroga tushib qoladi.