Kuni kecha tovon suyagini sindirib olgan «Real» hujumchisi Luka Yovich qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.
Onda Cero tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu jarohatdan forig' bo'lish uchun serbiyalik futbolchiga 3 oy kerak bo'ladi. Shu bois, u ushbu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.
22 yoshli futbolchi Belgraddagi uyida shug'ullanayotganida mazkur jarohatni orttirib oldi.