“Arsenal” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Unay Emeri yaqindagina taniqli AS nashri uchun intervyu berib o'tdi. Uning e'tiborga molik fikrlari bilan tanishtirib o'tamiz.
“COVID-19”dan keyingi futbolning qaytishi
Nima bo'lgan taqdirda ham mavsumni yakunlab qo'yish fikridan qaytmasligimiz lozim. Shunga qaramay, sog'liqni saqlash organlari tomonidan qo'yilayotgan shartlarga rozi bo'lgan holda albatta. Futbol allaqachon katta biznes industriyaga aylanib bo'lgan. Bu industriya qulab ketmasligi uchun futbolni qaytarish lozim. Bundan tashqari, insoniyat uchun katta futbolning yana qaytgani, “COVID-19”ning chekinayotganini rasman bildiradi. Umuman olganda, bu juda muhim omil.
Frantsiyada erta yakunlangan mavsum haqida
Men futbolda har bir qadamini o'ylab bosayotgan chempionatlarni qo'llab-quvvatlayman. Ular vaziyatni to'g'ri baholash orqali barchasini ortiqcha qiyinchiliksiz engib o'tishni rejalashtirishgan edi. Amalda esa, ular tanlagan rejim o'zini to'liq oqlamoqda. Bundesliga, “LaLiga”, APLva “Aseriya” vaziyatnio'zboshqaruvigaolishniuddaladi. “Liga 1” borasida bunday deya olmayman. Ular juda erta taslim bo'lishdi. Vaholanki, mavsumni hech qanday “qurbonlar”siz yakunlab qo'yish VARianti bor edi.
Futbol 2021-yilda qanday bo'ladi?
Men optimist insonman. O'ylashimcha, yaqin oylar ichida kerakli dori-darmonlar topiladi va biz bu kasallikni engib yana o'z hayot tarzimizga qaytamiz. 2021-yilda muxlislar yana stadionga qaytadi. Umid qilamanki, kelasi mavsumda biz yana futbolning shiddatidan zavq olishni boshlaymiz.
Killian Mbappe haqida
Men Mbappega qaysi jamoaga o'tish borasida maslahat bermaganman. Bilasizmi, Parijda ishlagan chog'imda, jamoamda u singariijrochi bor ekanligidan quvonganman. Keyin APLga yo'l oldim. Tan olish lozim, jamoamda Mbappe bo'lishini orzu qildim. Endilikda Ispaniyada istiqomat qilmoqdaman. Ayni damda, uning Ispaniyaga ko'chib o'tishi eng zo'r tanlov bo'lishi mumkin. Sezganingizdek, bu Mbappening “Real Madrid” libosini kiyishi bilangina amalga oshishi mumkin. Agar bu transfer amalga oshsa, “Real” uchun Di Stefano va Ronalduning transferlarisingari katta zafarlar olib keladi.
PSJning EChLdagi imkoniyatlari haqida
Albatta, PSJda Evropaning eng kuchli jamoasi bo'lish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Men bu jamoada ikki yil faoliyat olib borganimdan xursandman. O'z vaqtida biz EChLda yaxshi natijalar ko'rsatishimiz mumkin edi, biroq omad bizdan yuz o'girgan edi. Parij klubini juda ham aqlli prezident boshqarib kelmoqda. U jamoa superklubga aylanishi uchun barchasini amalga oshirishda davom etmoqda. Qachonlardir PSJ EChLda zafar quchishiga ishonchim komil.
“Oltin to'p”ning navbatdagi egasi kim bo'ladi?!
Katta ehtimol bilan keyingi “Oltin to'p” to'liq Killian Mbappega tegishli bo'ladi. U bu sovringa ega chiqish uchun etarlicha iqtidor egasi. Uning kelajagi hali oldinda. Bu shunchaki boshlanishi!
Neymar haqida
Ronaldu va Messi hali-hamon zamonaviy futbolning qirollari sanaladi. Shunga qaramay, Neymar ularni hali-hamon ortda qoldirishi mumkin.
Boshqaruvidagi eng tezkor futbolchi
O'z vaqtida mening qo'l ostimda “Almeriya” safida Albert Krusat ismli futbolchi to'p surgan. U juda va juda tezkor yigit edi. O'zining shu ustunligi sababli barcha kamchiliklarni yopib ketar edi. Shunga qaramay, u bilan tezlikda Mbappe, Neymar va ayniqsa,Obameyang bilanbemalol bellasha oladi.
VARning futbolga ta'siri haqida
Men doimo futboldagi bahsli vaziyatlarning butkul yo'q bo'lib ketishi tarafdori bo'lganman. To'g'ri, VAR futboldagi ayrim og'riqli vaziyatlarni biroz yumshatmoqda, biroq u futbolning umumiy strategiyasini o'zgarishiga olib keldi. Futbolchilar insonlardan ko'ra ko'proq avtomatlarga aylanib bormoqda. Endi VAR sababli futbolchilar ayrim mashg'ulotlardan voz kechishlariga to'g'ri keladi. Murabbiy sifatida shuni aytishim mumkinki, VARning foydasi va zarari hozircha bir me'yorda ketmoqda.
Murabbiylarga bo'lgan hurmat
Ispaniyalik futbol mutaxassislari butun Evropa bo'ylab yoyilishni boshlaganiga ancha bo'ldi. Afsuski, murabbiyga bo'layotgan munosabat uning shogridlari maydonda ko'rsatayotgan futbol bilan chambarchas bog'liq. Misol uchun “Arsenal”dagi birinchi mavsumimda muxlislar meni to'liq qo'llab turishdi. Ikkinchi mavsumni omadsiz boshlagach, rahbariyat ham mendan norozi ekanligini yashirib o'tirmadi. Yuqorida aytilganidek, futbol olamida murabbiylarga bo'lgan hurmat va e'tibor u namoyish etayotgan natijalar bilan bog'liq.
Unay Emerining tajribasidan
16 yildan beri murabbiylik sohasidaman. Men ishlagan har bir chempionatning o'ziga hos tomonlari mavjud edi. Misol uchun, Rossiyadagi faoliyatim meni juda ko'p narsalarga o'rgatdi. Vaholanki, tashqaridan qaragan muxlis uchun Rossiya safari faqat negativ fikr uyg'otadi. Frantsiyada mutloq gegemonlik o'rnatganjamoa bilan ishladim. Biz ikki yil davomida ichki musobaqalarning 10 tasidan 7 tasida g'olib chiqdik. Bir qarashda osondek tuyuladi, biroq buning ham etarlicha mashaqqati mavjud. Angliya meni o'zining futbol atmosferasi bilan hayratda qoldirdi. Undagi raqobat Bundesliga va hatto “La Liga” uchun ham orzuga aylanib bormoqda. Bizda faqat “Real” va “Barsa” mavjud xolos. Qolgan barcha jamoalar gigantlarga ortiqcha qarshilik ko'rsatishga qodir emas.
Erkin hayot haqida
Ayni damda, o'g'lim sababli Valensiyada istiqomat qilyapman. Shunga qaramay, Madrid shahrida ro'yxatdan o'tganman. O'z-o'zini yakkalash chog'ida asosan futbol tomosha qilish bilan vaqt o'tkazyapman. Hozircha zerikarli hayot tarzi davom etmoqda.
Kelajakdagi klubi haqida
Men uchun qaysi jamoada ish boshlashning katta ahamiyati yo'q. Ko'pchilik meni “Atletiko Madrid” safida ko'rishni istamoqda. “Matraschilar” to'liqligicha Simeonega tegishli. U klubdan o'zi ketmaguniga qadar, hech kim Simeoneni iste'foga chiqishini talab qilmaydi. Bugungi kunda birorta klub bilan muzokaralar olib bormayapman. Shunday bo'lsada, ishni sog'inganimni yashirib o'tirmoqchi emasman. Agar menga Evropa Ligasi yoki EChLda ishtirok etishni oldiga maqsad qilib qo'ygan jamoa aloqaga chiqsa, jon deb bu taklifni ko'rib chiqqan bo'lar edim.